Gazetada bosilgach…

2019-10-17 Voha bo`ylab

«Maqolada ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda», –

- deya qayd etiladi Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M.Qalandarovning tahririyatga yo‘llagan xatida.

"Xorazm haqiqati" gazetasinig shu yil 7 sentyabrdagi 72-sonida "Dolzarb mavzu" rukni "Yana yo‘llar haqida" sarlavhasi bilan chop etilgan maqolada Hazorasp tumanidagi avtomobil va ichki yo‘llardagi mavjud nosozliklar aniq misollar asosida tahlil qilingan edi. Mazkur maqola yuzasidan boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M.Qalandarov tomonidan yo‘llangan javob xatida "...Ayrim dasturga kirmay qolgan ko‘chalarda yo‘llar Hazorasp tumani hokimining taklifiga asosan keyingi yillarga kiritilib, moliyalashtirish manbasi aniqlangandan keyin bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari bajariladi. "Obod mahalla" dasturi doirasida Fayzobod-Islomobod-Istiqlol ko‘chalari tutashgan 3,8 km.lik yo‘lni asfaltlashtirish bo‘yicha taklif berilgan, manzilli dastur shakllantiril-gandan keyin asfaltlashtiriladi. Xonqa tumanidagi "Xonqa" sanatoriysiga boradigan mahalliy ahamiyatdagi 4k 940 "Urganch-Cholish avtoyo‘li-Oq oltin q-Xonqa q" avtomobil yo‘lining 7-16 km. qismida joriy yilda 132,0 mln. so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari Xonqa TYFU korxonasi tomonidan bajarilgan, 4k 962 "Qirq-yop q- F.M shaharchasi Al Xorazmiy q" avtomobil yo‘liga joriy yilda limit mablag‘i ajratilmaganligi sababli chuqurchalar ko‘payib ketgan" deya, xatda qayd etiladi.

Maqolada ko‘rsatilgan kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish mutasaddi tashkilotlarning dolzarb vazifasidir.


So'ngi yangiliklar