DO‘STLIK YANGRAR BARALLA

2019-09-15 Voha bo`ylab

"Raqs sehri" Xalqaro festivalini har yili katta ko‘tarinkilik bilan kutib olamiz. Festival kunlari  tashkil etiladigan teatrlashgan  musiqali dasturlar va ko‘plab  boshqa tadbirlarni maroq bilan   tomosha qilamiz.

Bu festival do‘stlik, ijod, iste’dod bayramidir. Festivalda o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa           tillarda ham qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etiladi. Jumladan, viloyat o‘zbek-turkman do‘stlik jamiyati qoshida tashkil etilgan ansamblimiz a’zolari ham har yili ushbu festivalda o‘zlarining san’atini namoyon etishadi. Turkman tilidagi qo‘shiqlarga hamohang ravishda qo‘shiqlar ijro  etiladi.

SHunisi quvonarliki, "Ulli hovli" sayyohlik majmuasida ham festival kunlari qator tadbirlar o‘tkaziladi. Majmuaga chet ellardan va Respublikamiz viloyatlaridan raqs san’ati ustalari, sayyohlar, mehmonlar tashrif buyurishadi. Biz  bunga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Majmuada ko‘rgazmalar  tashkil etildi. SHuningdek, do‘stlikni tarannum etuvchi  musiqali dastur tayyorlandi.

Qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib, "Xush kelibsiz, aziz do‘stlar!" deymiz.

Davlatnazar RAJABOV,

viloyat o‘zbek-turkman do‘stlik jamiyati raisi.


So'ngi yangiliklar