"NIHOL"LAR SARALANDI!!!!!

2018-05-27 Ma`naviyat

Madaniyat xabarlari

YOsh iste’dodlar uchun "Nihol" mukofoti Respublika Kengashining 2018 yil 5 martdagi yig‘ilishi bayoniga ko‘ra, viloyatimizda ushbu mukofotning shaharlar va tumanlar saralash bosqichlari o‘tkazildi.

Tanlov Nizomiga ko‘ra, 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iste’dod egalari tanlovda faol ishtirok etishdi. Viloyatdagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar hamda erkin ijodkorlar orasida o‘z iste’dodi, talanti bilan ajralib turgan qobiliyatli yoshlar tanlov shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Tanlovda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi dotsenti R.Abduazimov kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Aniqlik, xolislik, shaffoflikni ta’minlash maqsadida Urganch san’at kollejining malakali mutaxassislari jalb qilindi.

Hakamlar hay’ati e’tirofiga ko‘ra, uch yuz nafarga yaqin nomzodlar orasidan 95 nafar ijodkor tanlovning viloyat bosqichida qatnashish imtiyoziga ega bo‘lishdi.

"Nihol" mukofoti tanlovining viloyat saralash bosqichi joriy yilning 1-2 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda ushbu tanlovga qarata tayyorgarlik ishlari qizitilmoqda.

G‘.Eshjonov,

 viloyat madaniyat boshqarmasi bosh mutaxassisi.


So'ngi yangiliklar