QURILISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JADALLASHMOQDA

2019-06-21 Davlat dasturi

Urganch shahridagi "Ashxobod" mahallasidagi uylar bundan 60-70 yil oldin qurilgan bo‘lib, ular bugungi kunga kelib nurab, nihoyatda eskirib, yashash uchun yaroqsiz ahvolga tushib qolgan edi.

O‘sha yillari bu уerda rejasiz, bo‘sh turgan joyga, 100, 200, hatto 50 kvadrat metr atrofidagi уer maydoniga uylar va ularning yonginasida omborxona, tovuqxonalar qurilib tashlangan va me’morsozlik qoidalariga mutlaqo amal qilinmagan edi.

Bu уerdagi ahvol yillar mobaynidagi e’tiborsizlik natijasida qarovsiz ahvolga kelib qolgan bo‘lsada, mahalla ahli ko‘p yillardan beri sabr-qanoat bilan yashab kelishayotgan edi...

Keyingi ikki yil ichida mahalladagi ahvolni tubdan o‘rganish va keng miqyosdagi obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Bu borada Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallada istiqomat
qilayotgan aholi bilan yaqindan suhbatlashildi. Hududdagi infratuzilmalar ahvoli, muammolar chuqur o‘rganilib, ularni tezroq bartaraf etishga kirishildi, aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi.

Ko‘p o‘tmay shaharga yaqin bo‘lgan hudud - Urganch tumanidagi Chondirqiyot qishlog‘ida "Ashxobod" mahallasida istiqomat qilayotgan xonadonlar uchun zamonaviy uylar qurilishi boshlab yuborildi.

O‘tgan yilning erta ba-horida bu уerda qurilish ishlari tezkorlik bilan boshlangan jarayonda biz jurnalistlar ham ishtirok etdik.

- "Ashxobod" mahallasida 45 yildan beri istiqomat qilib kelayotgan edik. Uylarimiz juda eskirib qolgan, ko‘chalar yozda chang, qishda loy bo‘lib, ancha qiynalar edik. Mana, yaqinda Chondirqiyot qishlog‘ida qurilgan shinam, yorug‘ uylarga ko‘chib keldik, - deydi Muhabbat Hayitboуeva. - Uch nafar farzandim bor. Tez kunlarda yangi uyimizga yaqin joyda maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari quriladi. Juda xursandmiz. Bunday imkoniyatlarni yaratib bergan Prezidentimizga rahmatlar aytamiz.

Ha, Muhabbat Hayitboуeva kabi zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan Mehribon Ernazarova, Gavhar G‘oyipova, Azamat Otajonov singari o‘nlagan kishilar va ularning oilalar, keksa-yu yoshning quvonchi cheksiz.

Bugungi kunda yangidan qad rostlagan va barcha qulayliklar yaratilgan
uylarga "Ashxobod" mahallasida uzoq yillardan beri istiqomat qilib kelgan 90 ta xonadon ko‘chib kirdi. Tez kunlarda yangi uylarga yana 50 ta oila ko‘chib kirishi uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ha, Chondirqiyot ham bugun tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan.
Uzoqdanoq, devorlari chiroyli ranglarga bo‘yalgan, zamonaviy uylar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu уerda qisqa vaqtning o‘zida ko‘kalamzorlashtirish, gulzorlar barpo etish ishlari olib borildi. Har bir uy oldiga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

- Bir uy-imorat qurish uchun bir umr ketadi -deyishardi ota-bobolarimiz. Bizga bu uylarni tezda qurib berishdi. Mana, yangi uyimizga qarang. Hamma sharoit muhayyo. Yurtimizdagi obodonlashtirish, o‘zgarishlarni har daqiqada his qilmoqdamiz, - deydi yangi uyda, to‘kin dasturxon atrofida nabiralari bilan televizor tomosha qilayotgan mehnat faxriysi Gavharjon opa shukronalik bilan.

- Ashxobod ko‘chasida eski uylarni buzish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tez kunlarda bu уerda yirik sanoat korxonalari binolari qad
rostlaydi. Korxonalarga investitsiyalar kiritiladi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, - deydi Urganch shahar hokimi SH.Abdullaev.

Ha, belgilangan dastur asosida shaharda qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari kun sayin avj olmoqda.

O‘z muxbirimiz.

X.XUDOYBERGANOV olgan suratlar.


So'ngi yangiliklar