Aholi bilan ochiq muloqotlar

2019-09-30 Davlat dasturi

Bugungi kunda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida, eng chekka qishloqlarida viloyat hokimi va sektorlar rahbarlarining aholi bilan uchrashuvlari muntazam ravishda o‘tkazilayapti.

Jumladan, viloyat prokurori, 2-sektor rahbari J.Xatamovning Gurlan tumanidagi "Guliston" qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida ushbu hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘zlarining qator muammolari haqida murojaat qilishdi.

Jumladan, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish, bankdan kredit mablag‘i olish, toza ichimlik suvi уetkazib berish, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi bir qator muammolar bo‘yicha shu erning o‘zida chora-tadbirlar ko‘rildi. Sayyor qabulda 30 dan ziyod turli muammolar bo‘yicha murojaatlar qayd etildi.

Tegishli tashkilot va boshqarmalar rahbarlariga muammolarni zudlik bilan hal etish yuzasidan topshiriqlar berilib, ularning muddatlari belgilandi.

Bahrom Xolboуev ikki oydan buyon ish bilan band bo‘lmaganligi va bugun ochiq muloqotda o‘z murojaati bo‘yicha muammosi hal etilganligi, unga sug‘urta kompaniyalaridan birida faoliyat yuritishi uchun yo‘llanma berilganligini mamnunlik bilan ta’kidladi.

Viloyat prokurori, 2-sektor rahbari J.Xatamov aholi bilan bo‘lib o‘tgan sayyor qabuldan so‘ng qishloqdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati va boshqa bir qancha masalalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, aholi uchun shu erning o‘zida arzonlashtirilgan narxlarda 30 tur oziq-ovqat mahsulotlarining hamda o‘quv qurollari, kitoblar savdosi yarmarkalari tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida ichki yo‘llar o‘nqir-cho‘nqir, yozda chang, qishda loy ekanligi aytilgan edi. Shu kunning o‘zida mahalladagi ko‘chaga mayda shag‘al tosh tashlandi. 1 km. yo‘l ta’mirlandi. 85 xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Shuningdek, elektr tarmog‘i ta’minotini yaxshilash maqsadida elektr transformator va 2,5 km. masofadagi elektr tarmoqlari ta’mirlandi. Ikkita oilaga toza ichimlik suvi quvuri o‘tkazib berildi.

Qishloq aholisi uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilinib, bu erda istiqomat qilayotgan bir necha fuqaro ish bilan ta’minlandi.     Shuningdek, J.Xatamov ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar xonadonida bo‘lib, ularning muammolarini o‘rgandi va yaqindan suhbatlashdi. Shu уerning o‘zida ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash uchun fuqarolar bilan bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazish, o‘rganishlar olib borish va aniqlangan mavjud muammolarni tezkorlik bilan echimini topish sektorlar faoliyati asosini tashkil etmoqda.

      O‘z muxbirimiz.


So'ngi yangiliklar