IMTIYOZLI KREDIT MABLAG‘LARI – ISTIQBOLLI LOYIHALARGA QANOT

2019-06-14 Tadbirkorlik

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, "Agrobank" tomonidan xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida ajratilgan kredit mablag‘laridan 1116 nafar xotin-qiz camarali foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi va ko‘p yillardan beri orzu qilib kelayotgan rejalarini amalga oshirdilar.

Joriy yilning 14-15 may kunlari shahar va tumanlarda 26 ta va 11-12 iyun kunlari 25 ta tikuvchilik, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, issiqxona, pishiriqlar, qo‘g‘irchoqlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar, buyumlarni tayyorlash bo‘yicha sexlar ish faoliyatini boshladilar. Ushbu sexlarda 273 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni tashkil etishda xotin-qizlarning taklif va tavsiyalari, shuningdek, muammolari ham o‘rganilib ana shular asosida faoliyat tashkil qilindi.

Kuni kecha viloyat hokimining o‘rinbosari S.Salaуev, viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining raisi G.Kurbanbaуeva va shahar, tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari hamda
bir guruh tadbirkorlar, faol ayollar banklardan imtiyozli kredit mablag‘larini olib, o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlagan xotin-qizlar huzurida bo‘lishdi. Jumladan, Bog‘ot tumanidan Zaynab Ernazarova "Go‘zallik saloni"da, Xurshida Matyoqubova tikuvchilik sexida ish faoliyatini boshladilar. Gurlan tumanidan Muhayyo Matkarimova bankdan 25 mln. so‘m kredit mablag‘i olib, "Izzatjon Nazarov" non va non mahsulotlari ishlab chiqarish oilaviy korxonasini tashkil qildi va
8 nafar kishining bandligini ta’minladi.

Hazorasp tumanidagi "Muxomon" mahallasidan Zulxumor Olimova tikuvchilik oilaviy korxonasi faoliyatini, "Sh.Rashidov" mahallasidan M.Soliуeva mato, sochiqlar ishlab chiqarishni hamda "Beshta" mahallasidan R.Sobirova ham tikuvchilik mahsulotlari tayyorlashni yo‘lga qo‘yishdi.

Viloyatimiz shahar va tumanlarida bank-dan imtiyozli kredit olib, ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etgan va mahsulotlar tayyorlayotgan tadbirkor xotin-qizlarning safi kengayib borayotganligi quvonarlidir. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.

Otaxon RAHIM.

  1. XUDOYBERGANOV olgan suratlar.


So'ngi yangiliklar