Yoshlik, iste’dod, ijod bayrami

2019-07-02 Davlat dasturi

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi, chuqur bilim olishi, kasb-hunar egallashi, qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu esa yurtimiz yoshlarining barcha jabhalarda faolligini yanada oshirib, quvonarli yutuqlarni qo‘lga kiritishlari imkonini berayotir.

Ma’lumki, 2017 yil 30 iyun kuni O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy
harakatining IV qurultoyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan edi.
Mazkur yoshlar tashkiloti tashkil etilgan dastlabki kundanoq, faoliyat tubdan takomillashtirilib, yangi bosqichga ko‘tarildi. Jismonan sog‘lom, ma’nan etuk, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish bo‘yicha tizim yaratilib, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 5 iyulda qabul qilgan "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmoni hamda 18 iyuldagi "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ham yoshlarning faolligini yanada oshirib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, jamoat ishlarida o‘zlarining bilimi, mahorati, qobiliyatini yanada yorqin namoyon qilishlari imkonini yaratdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi o‘tgan ikki yil davomida shahar va tumanlarda, eng chekka qishloqlarda yoshlarning faolligini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni izchil ravishda o‘tkazib kelmoqda. Ayniqsa, yoshlarning iqtidorini namoyon etuvchi ko‘rik-tanlovlar, ijodiyot festivallari, sport musobaqalari, yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari va boshqa ko‘plab ezgu ishlar izchil davom etmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 27 iyun kuni qabul qilgan "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning istiqbolli loyihalarini hayotga tatbiq etishga va shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga, ular tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  biznes bilan shug‘ullanishga jalb etishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilmoqda.

Qisqa vaqt ichida viloyatimizda ko‘plab yoshlar o‘zlarining
tadbirkorlik faoliyatini boshladilar. 2018 yil davomida Davlat dasturi doirasida 168 nafar yosh tadbirkorga 36 mlrd. 758 mln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, 979 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tegishli ko‘nikmalarga ega, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan yordamchi xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon hamda qoramollar sotib olishlarida yordamlar ko‘rsatildi.    

Viloyatimizda "YOsh tadbirkorlar" kovorking – markazlari tashkil etilib, bu уerda biznes-rejalar ishlab chiqilayotganligi, forumlar, mahorat darslari va seminarlar tashkil etilayotganligi yosh tadbirkorlarning o‘z faoliyatini to‘g‘ri, izchil tashkil etishga yordam bermoqda.          Bugungi kunda viloyatimiz shahar va tumanlarida savdo-maishiy xizmatlar ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarish shoxobchalarini tashkil etish uchun 21 ta "Yoshlar mehnat guzari" majmualari qurilib, foydalanishga topshirildi. 165 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, Xonqa tumanidagi "Yoshlar mehnat guzari"da ham qishloq yoshlari uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi.

- O‘tgan yili "YOshlar mehnat guzari"ni qurib foydalanishga topshirdik. Uning qurilishida barcha zarur yordamlar ko‘rsatildi. Endilikda,
bu уerda xonqalik ko‘plagan yoshlar faoliyat yuritishmoqda. Aholiga
savdo-maishiy va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Kelajakda faoliyatimizni yanada kengaytirib, boshqa tengdoshlarimizni ham ish bilan ta’minlash niyatidamiz, - deydi B.Sobirov

Viloyat miqyosida "Yoshlar - kelajak bunyodkori" shiori ostida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi muntazam tashkil qilinib kelinmoqda.

O‘tgan bir yil davomida 96 ta yosh oilaga "Yoshlar uylari"ning
kalitlari topshirildi.

Shuningdek, "Obod qishloq" dasturi doirasida Qo‘shko‘pir tumani Oqdarband qishlog‘ida 100 ta tikuv mashinasiga ega bo‘lgan tikuvchilik sexi tashkil qilindi. Tikuv sexida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 100 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlandi.

"Yoshlar markazi"da  "Yoshlar kuni" arafasida tashkil etilgan yarmarka-ko‘rgazmada viloyatimiz yosh tadbirkorlarining izlanish va g‘ayrat-shijoat bilan qilgan mehnati natijalari o‘z ifodasini topdi. Jumladan, yosh fermerlarning o‘z dalalarida уetishtirgan qishloq xo‘jaligi hamda iqtidorli yigit-qizlarning mahorat bilan tayyorlagan hunarmandchilik, tikuvchilik mahsulotlari va tasviriy san’at asarlarining namunalari beixtiyor diqqatingizni jalb etib, qalbingiz quvonchga to‘ladi.

Yurtimiz yoshlarining salohiyati, yutuqlari doimo munosib rag‘batlantirilib borilayapti. Urganch davlat universiteti talabasi, qator xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarining g‘olibi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Zafarbek Allaberganov bugungi kunda sport bo‘yicha o‘z maktabini yaratib, ko‘plab yoshlarga murabbiylik qilayotganligini va ularning erishayotgan zafarlarini quvonib so‘zladi.

Oliy ta’lim muassasasining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan to‘lab berish tizimi joriy etildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining erishayotgan yutuqlari salmog‘i oshib, barchaga quvonch bag‘ishlamoqda.

Yoshlarning ta’lim muassasalarda fan sirlarini mukammal egallashlari, уetuk mutaxassis bo‘lib уetishishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan.
Prezidentimizning tashabbusi bilan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus esa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli, foydali o‘tkazish, ularni san’at, madaniyat maskanlariga keng jalb etish, axborot-kommunikatsiya bo‘yicha savodxonligini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish, kitob mutolaasiga qiziqtirish va xotin-qizlarning bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Bugungi kunda viloyatimiz shahar va tumanlarida beshta muhim tashabbus ijrosi har lahzada namoyon bo‘lmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, beshta muhim tashabbus yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy-madaniy hayotida juda katta voqea bo‘ldi.

Ayni paytda viloyatimizdagi san’at, madaniyat maskanlari yoshlarning sevimli markazlariga aylanmoqda. Yaqinda Gurlan tumanidagi
Guliston aholi dam olish markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyatimizning madaniyat, ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etdilar. Ana shu jarayonda ular ayni yozgi ta’til kunlarida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun bu maskanda 20 ga yaqin to‘garaklar, shuningdek, kutubxona faoliyat yuritayotganligi yoshlar bilan birga ota-onalar ham bu уerga kelib, kitob mutolaa qilishayotganligini mamnunlik bilan ta’kidlashdi.

"Yosh kitobxon" respublika tanlovi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda viloyatimizdan 32000 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Ha, kundan-kunga vohamiz bo‘ylab beshta muhim tashabbus keng quloch yoymoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Urganch shahrida bunyod etilgan
muhtasham va ko‘rkam "Yoshlar markazi" har kuni ertalabdanoq o‘quvchilar, yoshlar bilan gavjum bo‘lmoqda. Chunki, markazda har bir o‘g‘il-qizning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli o‘tishini ta’minlaydigan 20 dan ziyod to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatimizda "Yoshlar kuni"ni keng nishonlash maqsadida "Yoshlar oyligi" uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Viloyat hokimi F.Ermanov tomonidan tasdiqlangan "Yoshlar oyligi"ni o‘tkazish va "Yoshlar kuni"ni keng nishonlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasi to‘la bajarildi.

Shahar va tumanlarda "Men va Yoshlar ittifoqi" aksiyasi tashkil etilib, uning doirasida ilm-fan namoyandalari, turli kasb egalari, ijodkorlar, mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazildi. Fotoko‘rgazmalar tashkil etilib, ularda viloyatimiz yoshlarining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamda o‘quv dargohlarida erishayotgan yutuqlari, iste’dodlari har tomonlama ifoda etildi.

30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan ertalabdan viloyat markazida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida tashkil etilgan ommaviy yugurish marafonida harbiy xizmatchilar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etishdi. Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasida g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.

- Ommaviy marafonda ko‘plab yoshlar ishtirok etishdi. O‘quvchilik paytimdayoq уengil atletika mashg‘ulotlarida qiziqib qatnashaman. Bugungi kunda Urganch davlat universiteti talabasiman,- deydi Mahfuza Egamova.  - "Yoshlar oyligi"da o‘tkazilgan sport musobaqalarida faol qatnashdim. Bugun esa ommaviy yugurish marafonida birinchi o‘rinni egalladim. Bundan keyin ham tengdoshlarim bilan birgalikda oldingi o‘rinlarda boraveramiz. Buning uchun muntazam ravishda sport mashqlarini o‘tkazib boramiz.

Shu kuni "Yoshlar markazi"da tashkil etilgan "Hokim va yoshlar" deb nomlangan tadbirda viloyat hokimi F.Ermanov yoshlar bilan uchrashdi.

Mazkur tadbir yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot asosida bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonda yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan turli mavzudagi savollarini o‘rtaga tashlashdi. Viloyat hokimi har bir yoshning savoliga atroflicha to‘laqonli javob berdi.

I.To‘raуev, internet orqali viloyatimizda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlarni yoshlarga ma’lum qilish borasida xayrli ish boshlagani,
bundan keyin ham o‘z faoliyatini kengaytirib, viloyatimizning eng chekka qishloqlarida  mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida yoshlarni doimo
xabardor qilib borish bo‘yicha o‘z taklif-tafsiyalarini bildirdi.

Viloyat hokimi yoshlarning taklif va tavsiyalarini e’tibor bilan tinglab, bular yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta’minlanishini qayd etdi. Shuningdek, yoshlarning iqtidorini, istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, shu kuni "Baxt qushi" to‘yxonasida ijtimoiy yordamga
muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Dasturxonlar to‘kin qilib bezatilib, kuy-qo‘shiqlar yangrab,
bolalarga velosipedlar va boshqa sovg‘alar topshirildi.

30 iyun kuni kechqurun "Avesto" bog‘-majmuasiga viloyatimiz yoshlari,
faxriylar, keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoуevning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini viloyat hokimi F.Ermanov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, tadbir qatnashchilari Prezidentimizning 2019 yil
28 iyundagi qaroriga  muvofiq O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi Sardor Bazarbaуev  va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qorovul qo‘shinlari xodimi Israil Madrimovning "Mard o‘g‘lon" Davlat mukofoti bilan taqdirlanganligini qarsaklar bilan kutib olishdi.

Viloyat hokimi F.Ermanov Sardor Bazarbaуevga "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotini tantanali ravishda topshirdi.

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofotining yana bir sohibi Israil
Madrimov ayni paytda xorijda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazayotganligi
sababli mazkur mukofot uning onasi Zubayda Xojiуevaga tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun berilgan tavsiyanomasi faol, iqtidorli yoshlardan Shaxnoza Qalandarovaga topshirildi.

Tadbirda "Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha eng namunali 
shahar, tuman, hokimi" tanlovi g‘oliblari bo‘lgan Xiva shahar hokimi
S.Jumaniyozov va Gurlan tumani hokimi A.Salaуevlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy kengashi mukofotlari bilan taqdirlandilar.

- Yoshlarning kamoloti yo‘lidagi beqiyos e’tibor va g‘amxo‘rlikni
har daqiqada his qilmoqdamiz. Viloyatimiz yoshlari ana shu cheksiz e’tiborga a’lo o‘qish, kasb-hunarlarni chuqur o‘rganib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishga ahd qilmoqdalar. Ayniqsa, "Yoshlar oyligi"da o‘tkazilgan barcha madaniy-ma’rifiy tadbirlar, anjumanlar, tanlovlar yangi iste’dod egalarini kashf etdi, - deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Mansurbek Masharipov.

"Yoshlar kuni"ga bag‘ishlab "Avesto" bog‘-majmuasida o‘tkazilgan tantanali tadbir san’at ustalari va yosh iste’dod egalari tomonidan tayyorlangan musiqali dastur bilan yakunlandi.

Ha, oylik davomida o‘tkazilgan keng miqyosdagi tadbirlar - yoshlik, iste’dod, do‘stlik bayramiga aylandi.

Otaxon NAFULLAYEV.


So'ngi yangiliklar