YOSHLAR - FAOL, TASHABBUSKOR

2019-06-29 Davlat dasturi

30 iyun "Yoshlar kuni" oldidan viloyatimizda keng miqyosda tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, "Yoshlar oyligi" davomida joylarda tashkil etilayotgan "Men va yoshlar ittifoqi" aksiyasida shahar va tumanlarda, eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan o‘quvchilar, yoshlar faol ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarning fan sirlarini mukammal o‘rganishlari, kasb-hunar egallashlari, shuningdek, o‘z qobiliyatlarini keng ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar uchun cheksiz minnatdorligini izxor etmoqdalar. Ayniqsa, "Yoshlar kuni" oldidan yosh iste’dodlar turli ma’rifiy-madaniy tadbirlarda o‘zlarining ijod namunalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Shuningdek, ko‘rik-tanlovlar, davra suhbatlari qiziqarli va ta’sirchan o‘tmoqda. Xiva tumanidagi "Qora ko‘l" turizm majmuasidagi "Baliq taomlari" festivalida yosh oshpazlar baliqdan turli xil taomlarni mahorat bilan tayyorladilar. Tadbirda yosh oshpazlar–R.Do‘stmetov, S.Yoqubov, Sh.Abdullaуev va boshqalar o‘zlarining oshpazlik mahoratini namoyish qildilar. "Yoshlar kuni" oldidan tumanlarda "Yosh kitobxon" tanlovlari hamda "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari" bo‘lib o‘tdi.

Kecha viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda  viloyat hokimining o‘rinbosari S.Salaуev "Yoshlar kuni" oldidan keng miqyosda tadbirlar o‘tkazilayotganligiga va
30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch shahrida tashkil etiladigan tadbirlarga alohida to‘xtaldi.

Jumladan, 30 iyun kuni "Youth Day" nomli 5 km. ga ommaviy yugurish bo‘yicha marafonga hamda viloyat markazidagi "Avesto" bog‘-majmuasida tashkil etiladigan gala-konsertga katta tayyorgarlik ko‘rilganligini qayd etdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi M.Masharipov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yaxshiboуev va boshqa tashkilotlar rahbarlari so‘zga chiqib, "Yoshlar kuni" munosabati bilan  yuksak saviyada davom etayotgan va 30 iyun kuni o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ishlariga batafsil to‘xtalindi.

Viloyatimizda 30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan o‘tkaziladigan barcha tadbirlar gazetamizning navbatdagi sonida batafsil yoritiladi. 

                  O‘z muxbirimiz.


So'ngi yangiliklar