3-1 HISOBIDAN QUVONCHIMIZ CHEKSIZ...

2019-10-01 Voha bo`ylab

Tahririyatga mehnat faxriysi

Ro‘zimat Matjonovdan quyidagi

mazmunda xat keldi.

Bolalik va o‘smirlik yillarimda ham sportning futbol turiga qiziqib kelganman. O‘z paytida mahalladoshlarimiz, tengdoshlarimiz bilan birgalikda ko‘plab sport musobaqalarida faol qatnashganmiz. Bugun ham futbol o‘yini qaerda tashkil qilinsa doimo borib, maroq bilan tomosha qilaman. Viloyatimizning "Xorazm"
futbol jamoasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha gazetalaringizda bir necha marotaba tahliliy maqolalarim va tavsiyalarim chop etilgan. Ya’ni biz faxriylar ham "Xorazm" futbol jamoamizning peshqadamlar safida bo‘lishini xohlaymiz.

Yaqinda, biz futbol muxlislari uchun ko‘pdankutib yurgan quvonchli voqea sodir bo‘ldi. Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida A Pro-Liga 19-turining bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda "Xorazm" futbol jamoasi a’zolari mahorat bilan o‘ynab, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan "Istiqlol" jamoasini 3-1 hisobida mag‘lub etdi. Ana shu jarayonda biz futbol muxlislarining quvonchini bir ko‘rsangiz edi!

Bunday quvonarli yutuq bilan "Xorazm" futbol jamoasi a’zolarini viloyat hokimi F.Ermanov samimiy qutladi. Futbol jamoasining kelgusida ham yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga tilaklar bildirib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini qayd etdi. Biz muxlislar ham futbolchilarimizga omadlar doimo hamroh bo‘lishini tilaymiz. Ulardan yanada yangi, chiroyli o‘yinlar va zafarlarni kutib qolamiz.

Ro‘zimat Matjonov,

Urganch shahri, mehnat faxriysi.


So'ngi yangiliklar