RAMAZON HAYITI KENG NISHONLANDI

2019-06-08 Ma`naviyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoуevning 2019 yil 30 mayda qabul qilgan "Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan viloyatimizda ulug‘ ayyomga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rildi. Ziyoratgohlar, tarixiy qadamjolar, masjidlar, qabristonlar atroflari, mahallalar, ko‘chalar yanada obodonlashtirildi. Ramazon hayiti arafasida ijtimoiy yordamga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Yolg‘iz keksalar, bemorlar xonadonlarida bo‘lib, ularga sovg‘alar ulashildi.

5 iyun kuni erta tongda viloyatimizdagi barcha jome masjidlarida hayit namozlari o‘qildi. Yurtdoshlarimiz mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari, xalqimiz turmush farovonligi yanada oshib borayotganligi, ezgu ishlarning keng qamrovliligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Hayit namozidan keyin eldoshlarimiz dunyodan o‘tganlarning qabrlarini ziyorat qilishdi. Mehr-muruvvat, saxovat tadbirlari amalga oshirildi. Barcha shahar va tumanlarda mahalliy hokimliklarning mas’ul xodimlari tomonidan kasal yotganlar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik turmushda zarur bo‘ladigan boshqa vositalar etkazib berildi.

Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoуevning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Ramazon hayiti tabrigi yutrdoshlarimizga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Ular mana shunday tinch-farovon, fayzli diyorda umrguzaronlik qilayotganliklariga quvona-quvona shukronalik bildirdilar.

- Bu yilgi Ramazon oyi fazilatli-barokatli bo‘ldi. Savobli, saxovatli ishlar amalga oshirilib, ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar moddiy qo‘llab-quvvatlandi, - deydi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat vakili H.Abdullaуev.- Hayit bayrami kunlarida milliy qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topdi.

Ha, Muborak Ramazon hayiti barchaga shod-u xurramlik bag‘ishlab, ahillik, mehr-oqibat ayyomi sifatida yurtimiz uzra yanada yorqin namoyon bo‘ldi.

O‘z muxbirimiz.


So'ngi yangiliklar