ONA TABIATIMIZNI ASRASHDA YANADA FAOL BO‘LAYLIK!

2019-10-25 Davlat dasturi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati partiya tashkilotining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Xorazm viloyati tuman va shahar partiya tashkilotlaridan saylangan delegatlar, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar, jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy hamda o‘rta ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalar, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati partiya tashkiloti Kengashi raisi Kamolbek Jumaniyozov ma’ruza qildi.

Ta’kidlandiki, partiya a’zolari joylardagi tashkilotlar bilan hamkorlikda atrof-muhit musaffoligini saqlash, ekologik ahvolni yaxshilash, ayniqsa, Orol bo‘yi mintaqasidagi muammolarni bartaraf etish borasida izchil ravishda amaliy ishlarni olib borayapti. Partiya tashkiloti tomonidan bir qancha tadbirlar tashkil etilib, ularda keng jamoatchilik, vakillari ta’lim muassasalari jamoalari, yoshlar faol ishtirok etib kelmoqda.

Yaqinda o‘tkazilgan birinchi Xalqaro ekologik marafon ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi.

Konferensiya qatnashchilari kelgusida partiya faoliyatini yanada takomillashtirish, dolzarb masalalar va muammolarni bartaraf etishda uyushqoqlik bilan faol qatnashish faoliyat asosini tashkil etishini bildirishdi.

Shuningdek, konferensiyada joriy yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarga tayyorgarlik ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Partiya Markaziy Kengashining navbatdagi S’ezdiga delegatlar saylandi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi B.Alixonov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

Ulug‘bek IBROHIMOV,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati partiya tashkiloti Kengashi raisi o‘rinbosari.


So'ngi yangiliklar