DASTURLAR IJROSI TA’MINLANADI

2019-10-27 Davlat dasturi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi hisobot
saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashining 2015-2019 yillarda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Konferensiyada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi raisi I.Fayzullayev ma’ruza qildi.

Ta’kidlandiki, o‘tgan yillar davomida partiya viloyat Kengashi tomonidan belgilangan dasturlar o‘z vaqtida amalga oshirilib, joylarda o‘tkazilgan tadbirlarda partiya elektorati vakillari faol qatnashdilar. Ayniqsa, viloyatimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganlar safi kengaydi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Shuningdek, konferensiyada partiya safini kengaytirish borasida amaliy ishlar olib borilganligiga e’tibor qaratildi. Xususan, viloyatda 2015 yilda partiyaning a’zolari soni 14740 nafarni, boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni 772 ta bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bugungi kunga kelib a’zolar soni 45674 nafarni, boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni esa 996 tani tashkil etadi.

Xuddi shuningdek, partiyaning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich partiya tashkilotlarining faoliyati tobora takomillashib bormoqda. partiyaning deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaymoqda. Jumladan, o‘tgan yillar davomida deputatlik so‘rovlari o‘z vaqtida amalga oshirildi. Boshqarma va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Viloyat, tuman, shahar Kengashlari doimiy komissiyalari va sessiyalariga qator dolzarb vazifalar yuzasidan takliflar kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Konferensiyada bu kabi masalalar aniq misollar asosida tahlil etildi. Viloyatda ishbilarmonlik muhitini rag‘batlantirish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va fermerlik harakatini yanada rivojlantirish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.         

Konferensiyada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi qarori qabul qilindi.

         O‘z muxbirimiz.


So'ngi yangiliklar