Tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar

2019-09-26 Davlat dasturi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish aholi bandligini ta’minlab, daromadlarini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Ushbu soha vakillarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayni paytda, viloyatimizda 12 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda. Ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiya-larni keng joriy etish, mahsulotlar tayyorlash sifatini yaxshilash, hajmini oshirish va tadbirkorlarning o‘zaro tajriba almashishida, ayniqsa, doimiy ravishda tashkil etilayotgan ko‘rgazmalar yaqindan yordam bermoqda.

Yaqinda viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan ko‘rgazmada tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning taqdimoti o‘tkazildi.

- Bunday tadbirlar biz uchun nihoyatda foydalidir,-deydi "Azizbek Otaboy" xususiy firmasi rahbari Gulnora Ollayorova. - Men dastlabki ish faoliyatimni 3 nafar tikuvchi bilan boshlagan edim. Keyinchalik Urganch shahri, Urganch tumanida ham tikuvchilik sexlarini tashkil qildim. Ayni paytda Shovot tumanida menga yanada samarali faoliyat yuritishim uchun bino ajratildi. Bu уerga 40 dan ziyod tikuv mashinalari o‘rnatildi. Ayni paytda, qishloqdagi ayollarning 40 nafari ish bilan ta’minlandi. Yil oxirigacha yana 50 ta ish o‘rinlari yaratamiz.

Ko‘rgazma jarayonida har bir jamoa a’zosi, tadbirkorlar kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

O‘z muxbirimiz.


So'ngi yangiliklar